Tramp Janubiy Xitoy dengizidagi Xitoy harakatlaridan bezovta

/


AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi harakatlaridan tashvishda. Oq Uyning oliy martabali vakilining bergan ma’lumotiga ko‘ra, Tramp bu harakatlarning to‘xtatilishini istaydi.

Vakilga ko‘ra, Trump va prezident Si Szinpinda «bu masalani muhokama qilish uchun imkon bo‘ladi».

«Sir emas AQShning avvalgi ma’muriyati ham Xitoyning bu harakatlaridan tashvishda bo‘lgan. Tramp va uning kabineti a’zolari bu harakatlarning zudlik bilan to‘xtatilishi kerak deb hisoblaydi», – dedi Oq Uy vakili.

U shuningdek, Xitoyning noroziligiga qaramay, AQSh Janubiy Koreyaga THAAD tizimini o‘rnatilishidan voz kechmaydi deb aytdi.

6-7-aprel kunlari Si Szinpin ishtirokida Floridada bo‘lib o‘tadigan Mar-a-Lago nomli uchrashuvda Tramp Xitoydan AQSh bilan iqtisodiy munosabatlarda muvozanatni tiklashni so‘raydi.

 

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar