5,6 kg marixuana ortilgan ot arava qo‘lga olindi

1 daqiqada oʻqiladi

21-avgust kuni Toshkentning Uchtepa tumanidagi «Nazarbek» blokpostida ichki ishlar organlari xodimlari Xojiakbar Rixsiyev boshqarib ketayotgan ot aravani to‘xtatishdi.

Foto: guvd.uz

IIBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, aravada sotish uchun mo‘ljallangan 5,6 kg marixuana borligi aniqlandi va olib qo‘yildi.

Foto: guvd.uz

Uchtepa tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 25 va 273-moddalarida (katta miqdordagi narkotik moddalarni noqonuniy sotishga urinish) ko‘zda tutilgan jinoyat alomatlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Fikr bildirish

Latest from Blog