48 yoshli IIV xodimi koronavirusdan vafot etdi

Toshkent tumanilik 48 yoshli Sh.N. joriy yil 24-iyunda xizmat safari bilan Surxandaryo viloyatida boʻlib, tana harorati koʻtarilganligi va holsizlik sabab viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tibbiyot boʻlimiga murojaat qilgan.

Foto: The world news platform

Unda “SOVID- 19” infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat shifoxonasiga yotqizilgan. Bemorda oʻtkir nafas yetishmovchiligi kuzatilgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiyalar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shu yilning 14-iyul kuni uning ahvoli keskin ogʻirlashgan. Reanimatsiya boʻlimi shifokorlarining muolajalariga qaramasdan bemor oʻtkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog