Koreyaning poytaxti Seulda Navro’z bayramiga bag’ishlangan “Seulda Markaziy Osiyo kinofestivali” bo’lib o’tadi.
Kinematografiya bo’limining xabar berishicha, festivalning ochilishi 19 mart kuni onlayn tarzda bo’lib o’tadi.
Film-festival tashkilotchisi – Koreya-Markaziy Osiyo hamkorlik forumining kotibiyati. Festivaldan Koreya va Markaziy Osiyo o’rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash koʻzda tutilgan.
Festivalda Markaziy Osiyoning taniqli rejissyorlarining filmlari namoyish etiladi:
– Mirlan Abdikalikov (Qirg’iziston) – “Syutak” (“Samoviy ko’chmanchi”);
– Adilxan Yerjanov (Qozog’iston) – “Sariq mushuk”;
– Rumi Shoazimov (Tojikiston) – “Viloyat xayolparastlari”;
– Ayub Shahobiddinov (O’zbekiston) – “Rangsiz tushlar”;
– Murod Orazov (Turkmaniston) – “Seyis”.
Kinofestival 3-aprelgacha onlayn rejimida davom etadi.