4 ming so‘m evaziga o‘z uyida fohishaxona tashkil etgan erkak qo‘lga olindi

Sergeli tumanida fohishaxona saqlagan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB shahar matbuot xizmati xabar bermoqda.

2017-yilning 7-iyul kuni, taxminan, soat 19:30 larda, o‘tkazilgan «Kompleks» tezkor tadbiri davomida, muqaddam sudlangan Aleksandr Ruban Sergeli tumani, Sputnik 9-dahasi, 28-uy, 7-xonadonda fohishaxona saqlab, 4 000 so‘m pul evaziga fuqaro «B» va «E» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog