foto: go.mail.ru

3 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻzbek-xitoy vaksinasi bilan emlandi — Vazirlik

//

Xitoy–Oʻzbekiston hamkorligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini 3-5, 6-11 va 12-17 yoshdagi bolalarda qoʻllash xavfsizligi DSMB (Data Safety Monitoring Board) – Maʼlumotlar monitoringi boʻyicha mustaqil qoʻmita tomonidan tasdiqlandi.

Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, DSMB – mustaqil ekspertlar guruhi boʻlib, ular tadqiqotlar natijalariga koʻra tadqiqotda ishtirok etganlarning xavfsizligini tahlil qiladi va baholaydi. Hozirda Xitoyda 12-17 yoshli bir guruh bolalar ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 3 ta dozasi, 6-11 va 3-5 yoshli bolalar guruhlari esa vaksinaning birinchi dozasi bilan emlandilar. Bolalarning salomatligida nojoʻya taʼsirlar kuzatilmadi.

Latest from Blog