3 kun ichida 2 nafar soxta “militsioner” fosh etildi

2017-yilning 21-may kuni taxminan soat 02:00 da, Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan Yunusobod tumanida joylashgan “Uch Qaxramon” yo‘l patrul xizmati maskanida davlat raqam belgisi 01 N 352 GA bo‘lgan «Matiz» rusumli avtoulov to‘xtatilgan. Uning haydovchisidan hujjatlar so‘ralganda, Anvar Tojiboyevich To‘raqulov o‘zini ichki ishlar xodimi deb tanishtirib, xizmat guvohnomasini taqdim etgan. Xizmat guvohnomasining haqiqiyligi ichki ishlar xodimlarida shubha  uyg‘otganligi sababli To‘raqulov IIBga olib borilib, ushbu guvohnoma olib qo‘yilgan, deya xabar qilmoqda shahar IIBB matbuot xizmati.

Foto: Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi

Olib borilgan tergov oldi surishtiruv jarayonida guvohnoma A.T.To‘raqulovning  marhum otasiga tegishli bo‘lganligi va unga o‘zining fotosuratini yopishtirib, soxtalashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 228-moddasi 1-qismi (soxtalashtiruvchining o‘zi foydalanish maqsadida rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ikkinchi holat 2017-yil 23-may kuni soat 20:30da Mirzo Ulug‘bek tumani hududida qayd etilgan. Unda «Matiz» rusumli avtoulov to‘xtatilib, hujjatlarni tekshirish davomida haydovchi Respublika IIVning mayor unvonidagi ichki ishlar idoralari xodimi deb tanishtirib, xizmat guvohnomasini ko‘rsatgan. Olib borilgan surishtiruv jarayonida mazkur shaxs hech qaerda ishlamaydigan Hidoyatov Fayzulla Shukrullaevich ekanligi va uning xizmat guvohnomasini qalbakilashtirish yo‘li bilan foydalanib yurganligi aniqlandi.

Toshkent IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 228-moddasi 3-qismi (hujjatlarni qalbakilashtirilganligini bilaturib undan foydalanish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar