“Afrosiyob” poezdi vagon kuzatuvchisi lavozimiga ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi


“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan qizlarni “Afrosiyob” elektropoezdi vagon kuzatuvchisi lavozimiga ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qildi! Tanlov shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi, o‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal bilishi, bo‘yi 165 sm.dan kam bo‘lmasligi lozim!

Hujjatlar joriy yilning 1 aprel kunidan 30 aprel sanasigacha qabul qilinadi.

Tanlovda qatnashish istagida bo‘lganlar shartlarni railway.uz sayti orqali bilib olishlari mumkin.

Latest from Blog