25-27-may kunlari Toshkentda kitob bayrami nishonlanadi

Shu yilning 25-27-may kunlari G‘afur G‘ulom nomli madaniyat va istirohat bog‘ida “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida Respublika “Kitob bayrami” o‘tkaziladi.

Foto: Sputnik Oʻzbekiston

Bayram 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining V yo‘nalishida belgilangan vazifalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-maydagi “Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi” majlisining Bayoni asosida 25-27-may kunlari Respublikamizning barcha hududlari bo‘lib o‘tdi.

Bayramning asosiy tadbirlari Toshkent shahrining G‘afur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘ida o‘tkazildi. Tadbir doirasida adabiy-badiiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hamda entsiklopedik yo‘nalishdagi kitoblarning taqdimotlari, yangi bosma nashrlar ko‘rgazmasi hamda savdosi uyushtirilib, taniqli adiblar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, konsert dasturlari taqdim etildi.

Ma’rifiy tadbir ishtirokchilariga Toshkent davlat yuridik universiteti “Tahririy-nashriyot” bo‘limi tomonidan ham bugungi kunda huquqshunoslikka oid nashrlar (darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya va ilmiy-ommabop risolalar) taqdimoti tashkil etiladi. Ushbu taqdimot yuzasidan Toshkent davlat yuridik universiteti “Tahririy-nashriyot” bo‘limi boshlig‘i Nasiba Niyazovaga murojaat qildik:
– Ushbu kitob bayramida Toshkent davlat yuridik universiteti pedagog-xodimlari tomonidan tayyorlangan bosma mahsulotlar, jumladan “O‘zbekiston qonunchiligi tahlili” jurnali, “Jamiyat va huquq” ilmiy maqolalar to‘plami anjuman ishtirokchilari hukmiga havola etiladi. Bundan tashqari, tadbir qantashchilari o‘rtasida bo‘lim tomonidan viktorina, tezkor-testlar, mualliflar bilan uchrashuvlar, qiziqarli tanlovlar tashkil etiladi.

Xalqimiz ma’naviyatini bundanda yuksaklarga ko‘tarish, yoshlarimizni adabiyotga, san’atga, kitobga bo‘lgan mehrini yanada oshirish, turmushimiz obodligi va farovonligini boyitish yo‘lida qilinayotgan sa’y-harakatlar mamlakatimizda yuz berayotgan voqeliklarning doimiy e’tibor markazidagi masala bo‘lib qolaveradi.

Latest from Blog