Prezident Shavkat Mirziyoyevning qaroriga koʻra, 2022-yil 1-yanvardan boshlab uyali aloqa xizmatlariga solinadigan aksiz soligʻi stavkasi 10% etib belgilanadi.
2021-yilda bu koʻrsatkich 20 foizdan 15 foizga tushirilgan edi.
2023-yil 1-yanvardan boshlab esa mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz soligʻi bekor qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq “USM Telecom” va MegaFon oʻzbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda yangi qoʻshma korxona — Digital Holdingʻni tashkil etishi, shuningdek, korxonaga bir qator imtiyozlar berilishi koʻzda tutilayotgani haqida xabar bergan edik.