Foto: iStock

2023-yil uchun Green Card lotereyasini to‘ldirish sanasi ma’lum qilindi

/

AQSh Davlat Departamenti 2023-yil “Turli millat vakillari uchun immigratsion vizalar — DV” (Grin Kard) dasturiga ro‘yxatga olish davri 2021-yil 6-oktyabrdan 2021-yil 9-noyabrgacha jamoat uchun ochiq bo‘lishini e’lon qildi.

Murojaatchilar DV Dasturida 2021-yil 6-oktabr, chorshanba kuni, Toshkent vaqti bilan soat 21:00 dan boshlab ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Ro‘yxatga olish davri 2021-yil 9-noyabr, seshanba kuni, Toshkent vaqti bilan 22:00 da tugaydi. Barcha arizalar elektron ravishda ro‘yxatga olish davrida http://www.dvlottery.state.gov/ sahifasi orqali topshirilishi shart va DV Lotereyasiga ariza berish uchun hech qanday haq olinmaydi.

Barcha murojaatchilar arizalarining maqomini keyinchalik tekshirish uchun ariza topshirib bo‘lganlaridan so‘ng o‘z tasdiqlov varaqlarini bosmadan chiqarib saqlab qo‘yishlari shart. Murojaat etuvchilarga arizalarini topshirish uchun ro‘yxatga olish davrining so‘nggi haftasigacha kutmaslik tavsiya etiladi. Dunyo bo‘yicha talabning o‘ta yuqoriligi internet sahifasi ishining sekinlashuviga olib kelishi mumkin. 2021-yil 9-noyabr soat 22:00 dan keyin birorta ham ariza qabul qilinmaydi.

Latest from Blog