/

2021-yilning birinchi choragida YAIMning hajmi 3 foizga oshgan

Davlat statistika qoʻmitasi yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining holati boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etdi.

2021-yil 1-aprel holatiga koʻra, Oʻzbekistondagi doimiy aholi soni 34 mln 695,6 mingni tashkil qilmoqda.

Yilning ilk choragida YAIM oʻsishi oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan 103%dan iborat boʻlgan.

Shuningdek, aholining real umumiy daromadlari oʻsish surʼati 109,8%ni tashkil qilgan.

Maʼlumotlar transport, qurilish va chakana savdo sohalarida tiklanish ogʻir ketayotganini koʻrsatmoqda. Yoʻlovchi tashish sohasida esa oʻtgan yilning tegishli davri koʻrsatkichiga hali chiqilmagan.

Latest from Blog