2021-yil 1-yanvardan boshlab onlayn geoportal ishga tushiriladi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi huzurida kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori asosida O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi huzurida kadastr agentligi tashkil etiladi.

Agentlik ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshiradi. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish va ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarning davlat ro’yxatidan o’tkazilishini ta’minlash ham agentlik zimmasiga o’tadi.  Shuningdek, yer uchastkalarining o’zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo’l qo’ymaslikka qaratilgan samarali yer nazoratini amalga oshiradi. Geodeziya va kartografiya sohasida yagona davlat siyosati yo’lga qo’yiladi.

Mazkur qaror asosida Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo’limlari negizida Davlat soliq qo’mitasi huzurida kadastr agentligi bo’limlari tashkil etiladi.

Kadastr agentligiga Davlat soliq qo’mitasi raisining birinchi o’rinbosari boshchilik qiladi.

Kadastr agentligining asosiy vazifalari:

a) ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish sohasida:

– ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlash;

– ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish;

– davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish;

– ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarning davlat ro’yxatidan o’tkazilishini ta’minlashga va yer uchastkalarining o’zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo’l qo’ymaslikka qaratilgan samarali yer nazoratini amalga oshirish.

b) geodeziya va kartografiya sohasida:

– geodeziya va kartografiya sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlash;

– aerokosmik suratga olish, topografiya-geodeziya, kartografiyaga oid izlanishlar hamda tadqiqotlarni, yerlarni masofadan zondlash, geodinamik tadqiqotlar ma’lumotlari va materiallaridan foydalangan holda kartografik monitoringni amalga oshirish;

– davlat kartografiya-geodeziya kadastrini yuritish;

– davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish.

v) davlat kadastrlarini yuritish sohasida:

– davlat kadastrlarini yuritish sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlash;

– davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;

– davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish, hududlar davlat kadastrining samarali yuritilishini ta’minlash;

– davlat kadastrlarini yuritish tartiblariga rioya qilinishini ta’minlashga qaratilgan samarali kadastr nazoratini amalga oshirish.

g) ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish;

d) ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlash Kadastr agentligining asosiy vazifasi va faoliyat yo’nalishi sifatida belgilandi.

Bundan tashqari, tizimda 2020-yil 1-noyabrga qadar onlayn geoportal sinov tariqasida ishga tushiriladi.

Shuningdek, agentlik zimmasiga 2020-yil 1-dekabrga qadar barcha qishloq xo’jaligi xaritalarining onlayn geoportalga kiritilishini hamda uning Milliy geoaxborot tizimiga integratsiya qilinishini ta’minlash va 2021-yil 1-yanvardan boshlab onlayn geoportalni to’liq ishga tushirish vazifasi yuklatildi

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog