2020-yilning birinchi yarim yilligida Sirdaryoda 1,8 mingta oʻlim qayd etilgan

Viloyatida joriy yilning birinchi yarim yilligida 1,8 mingta oʻlim qayd etilgan boʻlib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan oʻlim koeffitsiyenti 4,2 promilleni tashkil qiladi. U 2019-yilning mos davriga nisbatan 0,2 promillega kamaygan. Bu haqda Sirdaryo viloyat hokimligi maʼlum qildi.

impuls
gramho.com

2019-yilning mos davriga nisbatan sezilarli darajada oʻsish Sardoba tumanida (3,6 promilledan 3,8 promillega) kuzatilgan boʻlib, aksincha Yangiyer shahrida (6,1 promilledan 4,3 promillega) kamayish holati kuzatilgan.

2020-yil birinchi yarim yilligida:

qon aylanish tizimi kasalliklaridan — 59,6 foiz;

oʻsimtalardan — 8,3 foiz;

baxtsiz hodisa, zaxarlanish va jarohatlardan — 6,4 foiz;

ovqat hazm qilish aʼzolari kasalliklaridan — 4,9 foiz;

nafas olish aʼzolari kasalliklaridan — 6,1 foizi;

yuqumli parazitar kasalliklaridan — 0,2 foiz;

boshqa kasalliklardan — vafot etganlarning 14,5 foizi vafot etgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog