2020-yilda qaysi viloyatda eng ko‘p nikoh qayd etilgan?

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilning 8 oyida respublika boʻyicha 138 646 ta nikoh holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22 973 taga kam.

nikohJoriy yilning 8 oyida FHDYO organlarida qayd etilgan nikohlar soni boʻyicha Fargʻona – 15611 ta, Samarqand – 14282 ta, Qashqadaryo – 14261 ta, Andijon – 13029 ta va 13011 ta bilan Toshkent viloyatlari yuqori oʻrinni egallagan.

Maʼlumot oʻrnida respublika boʻyicha 8 oyda eng kam nikoh holatlari Navoiy (4320 ta) viloyatida qayd etilgan.

Joriy yilning avgust oyida esa respublika boʻyicha eng koʻp nikoh 5035 ta qayd bilan Fargʻona viloyatida kuzatildi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog