2017-yilda O‘zbekistonda narkotik moddalar bilan bog‘liq 5 mingga yaqin jinoyat sodir etildi

2017-yilda O‘zbekistonda narkotik moddalar bilan bog‘liq 4806 jinoyatni 4 mingdan ortiq shaxs sodir qilganligi aniqlandi. Ulardan 1 tonnadan ortiq turli xildagi narkotik moddalar olindi. Bu haqda Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov O‘zA muxbiri bilan suhbatida ma’lum qildi.

Foto: O‘zA

O‘tgan yil may-iyun va avgust-sentabr oylarida profilaktik maqsadda ikki bosqichda “Qoradori—2017” tadbirlari o‘tkazildi. Tarkibida narkotik moddalar bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish bilan bog‘liq 895 holat aniqlandi.

Yoshlar orasida “yengil narkotik” sifatida ommalashgan, inson ruhiyati va salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi psixofaol tibbiy preparatlarni noqonuniy sotish bilan shug‘ullangan 310 shaxs ushlandi.Ulardan 62,5 ming dona dori vositalari olindi.

Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda uning joylardagi tizimlari tomonidan 2017-yil mobaynida korrupsiya va iqtisod sohasida sodir etilgan hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyati tartibiga qarshi jinoyatlardan 1426 tasi aniqlandi. Mazkur jinoyatlarning 171 tasi poraxo‘rlik, 109 tasi tovlamachilik, 517 tasi firibgarlik, 125 tasi valyuta bilan bog‘liq qoidalarni buzish, 19 tasi qalbaki pul yasash, 190 tasi talon-torojlik hamda 295 tasi boshqa turdagi holatlardir.

Tezkor-qidiruv chora-tadbirlari natijasida 407 guruh tomonidan sodir etilgan jinoyatlar fosh etilib, jinoyat sodir etgan ikki mingdan ortiq shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi. Jinoyatlar natijasida yetkazilgan 45 milliard so‘mlik zarar undirildi.

Vazirlikning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatiga fuqarolar ko‘p murojaat qiladi. 2017-yilda 3 milliondan ortiq biometrik hujjat olish uchun tayyorlangan talabnomalarning o‘zi ham bu sohadagi ishning salmog‘ini ko‘rsatib turibdi.

Yillar mobaynida muammo bo‘lib kelgan masalalar hal qilinib, 2017-yilda fuqaroligi bo‘lmagan 1243 nafar shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilinib, ularga pasportlar tantanali ravishda topshirildi. Ushbu yo‘nalishdagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar