2013-yili Qirg‘iziston go‘zali deb tan olingan 22 yoshli qiz vafot etdi

“Qirg‘iziston go‘zali 2013” unvoniga ega bo‘lgan 22 yoshli Jibek Nukeyeva vafot etdi. Bu haqda KNews xabar bermoqda.

Foto: Top-Antropos.com

Ilgari qiz sarkoma o‘simtali xastaligiga chalingani ma’lum bo‘lgan edi. U bu haqda qirg‘izistonliklarga maktub yo‘llagan va millionlab odamlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi.

Qirg‘iziston fuqarolari uning davolanishiga pul to‘play boshladi. Nukeyeva Italiya, Turkiya, Isroilning eng yaxshi klinikalarida davolandi, lekin uning hayotini saqlab qolishning imkoniyati bo‘lmadi.

Latest from Blog