17-sentabr kuni test topshiruvchilar maʼlumotnoma taqdim etishi kerak – DTM

Avvalroq, 2-13-sentabr kunlari oʻtkazilgan test sinovlarida hududga kirishda tana harorati 37⁰ C dan yuqori boʻlgan hamda test sinovi oʻtkaziladigan kunda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan abituriyentlar uchun test sinovlarini 2020-yil 17-sentabr kuni tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.

Davlat test markazining qoʻshimcha qilishicha, qoʻshimcha test sinovlari 2-13-sentabr kunlari oʻtkazilgan test sinovlarida hududga kirishda tana harorati 37⁰ C dan yuqori ekanligi aniqlanib, tegishli dalolatnoma tuzilgan yoki koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan abituriyentning ishonchli vakili orqali koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganini tasdiqlovchi maʼlumotnomani Davlat test markaziga taqdim etgan abituriyentlar uchun tashkil etiladi.

Mazkur abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyent ruxsatnomasini shaxsiy kabinetlari orqali olishlari mumkin.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog