14-sentabrdan teledarslar boshlanadi — XTV

14-sentabrdan boshlab respublika umumtaʼlim maktablarida 2020/2021 oʻquv yili boshlanadi. Bunda onlayn maktab orqali barcha sinflarning darslari berib borilishi yoʻlga qoʻyilsa, anʼanaviy shakldagi maktablar bosqichma-bosqich vaziyatga qarab faoliyatini tiklaydi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi xabar bermoqda.

XTV
myrhline.com

Maktablarning anʼanaviy shaklda ochilishi toʻgʻrisidagi qarorlar har bir maktab boʻyicha individual tarzda ularning haqiqiy tayyorgarligi, hududdagi yohud maktabdagi sanitariya-epidemiologik vaziyat, oʻqituvchilar orasida koronavirus kasalligining qayd etilishi hamda sogʻliqni saqlash tizimi xulosalariga muvofiq faqatgina Mahalliy Kengash deputatlari ruxsatidan soʻng qabul qilinadi.

“Respublikamizdagi barcha maktablar yuqorida sanab oʻtilgan holatlardan kelib chiqib bosqichma-bosqich ochilishi koʻzda tutilgan. Anʼanaviy shaklda faoliyatini boshlagan maktablar toʻgʻrisidagi maʼlumot, doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy veb-saytlar orqali viloyat va tuman xalq taʼlimi boʻlimlari tomonidan eʼlon qilib boriladi.

Eslatib oʻtamiz, anʼanaviy shaklda faoliyatini tiklagan maktablarning oʻquvchilari maktabga borishi yoki uyda qolib taʼlim olishi faqatgina ota-onalar tomonidan belgilanishi zarur. Maktab maʼmuriyati tomonidan oʻquvchilarni anʼanaviy shaklga jalb qilish va ota-onaga bosim oʻtkazish taqiqlangan.

Oʻz navbatida, farzandini maktabga yubormagan ota-ona farzandini masofaviy taʼlim olishini nazorat qilishi soʻraladi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog