13 yoshli o‘g‘lini sotmoqchi bo‘lgan ona qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘istoning To‘rtko‘l tumanida 13 yoshli o‘g‘lini 15 ming dollar evaziga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi, deya xabar berdi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

korrespondent 18
Foto: IIV

Departament ma’lumotlariga ko‘ra, 19 may kuni 43 yoshli M.P. To‘rtko‘l tumanida yashovchi “Qunduz” ismli ayol noqonuniy ravishda o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lib yurganligini bayon qilgan.

Uning ushbu arizasiga asosan shu kuni soat 21:00 da IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida To‘rtko‘l tumanida joylashgan namunali uyda ijarada yashab kelayotgan 38 yoshli Qunduz K. o‘zining ikkinchi farzandi voyaga yetmagan 13 yoshli D.O.ni fuqaro S.E.ga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Hodisa sodir bo‘lgan joydan kimyoviy ishlov berilgan 400 dollar hamda qolgan 14,6 ming dollar miqdoridagi pullar aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Holat yuzasidan To‘rtko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Qunduz. K., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog