10 kunlik go‘dak ko‘chaga tashlab ketildi

11-oktabr kuni Toshkentning Chilonzor tumani 8-mavze 49-uy yaqinida noma’lum shaxs 10 kunlik chaqaloqni ko‘p qavatli uy eshigi oldiga tashlab ketgan. Bu haqda IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Foto: Wikipedia

Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa joyiga tezkor-qidiruv guruhi yetib borib, issiq yopinchiqqa o‘ralgan chaqaloqni aniqladi

«Chaqaloq jamoat joyida qoldirilgan, uning hayotiga hech narsa xavf solmagan. Tibbiyot xizmati xodimlari uni «Go‘daklar uyi»ga eltishdi», — dedi Doniyor Toshxo‘jayev.

Chilonzor IIB bolaning ota-onasini topish bo‘yicha qidiruv-tergov ishlari olib borilmoqda.

Latest from Blog