1-iyundan boshlab “GM Uzbekistan” barcha avtomobillari so‘mda sotilishi yo‘lga qo‘yiladi

1-iyundan boshlab “GM Uzbekistan” barcha avtomobillari so‘mda sotilishi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi PQ-3010-sonli “General Motors Uzbekistan” AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar narxlarini shakllantirishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

Foto: АвтоБизнесРевю

Qarorning 1-bandida “Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “O‘zavtosanoat” AKning 2017-yil 1-iyundan ichki bozorda “General Motors Uzbekistan” AJning barcha turdagi yengil avtomobillarini milliy valyuta – so‘mda sotish borasidagi taklifi ma’qullansin” deyiladi.

2-bandida 2017-yil 1-iyungacha bo‘lgan muddatda tuzilgan barcha shartnomalar avvalgi tartib bo‘yicha amalga oshirilishi belgilangan. Shuningdek, eksport hajmini mahsulotlarni sotish bozorlarini yanada diversifikatsiyalash va eksport qilinuvchi mahsulot nomenklaturasi, tashqi bozorlarda pozitsiyalarni mustahkamlash hisobiga oshirish; ishlab chiqarish hajmini yangi raqobatbardosh mahsulotni o‘zlashtirishga qaratilgan investitsion loyihalarni amalga oshirish hisobiga oshirish; sohada ehtiyot qismlar importini qisqartirish, investitsiyalarni jalb qilgan holda mahalliylashtirishni chuqurlashtirish choralarini ko‘rish ta’kidlangan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasiga bir haftalik muddatda ushbu qarorni amalga oshirish bo‘yicha tegishli qarorni qabul qilish buyurilgan. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklangan.

Fikr bildirish

Latest from Blog