Foto: Interfax.uz

1-avgustdan to‘y va marosimlarda faqat 50 kishi qatnashishi mumkin

/

1-avgustdan boshlab toʻy va marosimlarda ishtirok etishi mumkin boʻlganlar soni qisqartirildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Respublika maxsus komissiyasi 1-avgustidan boshlab toʻyxonalarda oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish 50 kishidan koʻp boʻlmagan holda oʻtkazishga ruxsat berildi.

Bunda 50 kishi qatoriga faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar ishtirok etishi mumkin.

Marosimlar sanitariya va gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazilishi kerak.

Eslatib oʻtamiz, shu yilning 1-aprelidan toʻyxonalarda oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish 100 kishidan koʻp boʻlmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazilishi belgilangan edi.

Latest from Blog