O‘zbekistonda so‘nggi ikki yilda inson huquqlari vaziyati yaxshilangan, deya e’tirof etdi Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Avstriyaning tashqi ishlar raisi Karin Knaysl.
«Biz Yevropa Ittifoqi ro‘yxatida mavjud bo‘lgan mahbuslarning ko‘pchiligi ozod etilganini ko‘rib turibmiz. Men bu ro‘yxatda faqat bir nafar odam qolganini bilaman. Bu ro‘yxatga ehtiyoj qolmasa va barcha ozod etilganlar reabilitatsiya qilinsa juda foydali bo‘lar edi»,- deb aytdi Knaysl 22-noyabr kuni. Avstriyaning tashqi ishlar raisi Karin Knaysl O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan Bryusselda o‘tgan matbuot anjumanida shunday bayonot bilan chiqdi.
Karin Knaysl O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi hamkorligi yuzasidan kengaytirilgan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar boshlanishini, Ittifoq Toshkentning “ambitsiyali islohotlari”ni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. «Biz guvohi bo‘lganimizdek, hammasi to‘g‘ri yo‘ldan borayotganini ko‘rsatadi», — deya qo‘shimcha qildi Knaysl.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, mamlakat bu yo‘nalishda juda ko‘p ishlarni amalga oshirish kerakligi va buning uchun «aniq strategiya» mavjudligini alohida ta’kidladi.