«Atletiko» yarim himoyachisi Nikolas Gaytan yozda «Yuventus»ga o‘tishi mumkin.
29 yoshli futbolchi «Atletiko»da muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti va «Yuventus» tomonidan 15 million yevroga sotib olinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Gaytan 2016 yilning yozida «Benfika»dan «Atletiko»ga o‘tgan edi. Argentinalik yarim himoyachi joriy mavsum Ispaniya chempionatining 18 o‘yinida 3 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Foto: Daily Express