2017-2018-oʻquv yilida Toshkent davlat Yuridik universitetiga qabul qilinadigan talabalar soni oshdi. Bu haqdagi prezident qarori lex.uz saytida chop etilgan.
Shuningdek, ushbu qarorda Toshkent Yuridik universitetiga hujjat topshirgan chet ellik talabalar kvotadan tashqari tartibda, imtihonsiz qabul qilinishi belgilangan. Ular faqat suhbatdan oʻtishi kerak boʻladi. Beligilangan tartibga koʻra, chet ellik talabalar toʻlov-kontrakt asosida oʻqiydi va oʻqish pulini xorijiy valyutada toʻlashi kerak boʻladi.
Qarorda aytilishiga koʻra, 2017-2018-oʻquv yildida TDYUda bakalavrlar soni, toʻlov-kontrakt asosida oʻqiydigan talabalar hisobiga 450 tadan 600 tagacha oshirilgan.