Yunusobodda haydovchi piyodani urib, voqea joyidan qochib ketdi

26-dekabr kuni soat 22:30 larda Toshkent shahrining Yunusobod tumani hududida joylashgan Quloqtepa va Uch qahramon ko‘chalari kesishgan chorrahada noma’lum haydovchi piyodani urib yubordi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Trend
Yo‘l-transport hodisasi natijasida piyoda — 1968-yilda tug‘ilgan erkak kishi bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, oyoq suyaklarining sinishi tashxisi bilan 7-shahar klinik shifoxonasiga olib borildi. Haydovchi piyodaga tibbiy yordam ko‘rsatmay va ichki ishlar organlariga xabar bermay, YTH joyidan qochib ketdi. 28-dekabr kuni Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida YTH sodir etgan haydovchi 1996- yilda tug‘ilgan Avalbayev Abduaziz Abdumalik o‘g‘li ekanligi va u o‘zining boshqaruvidagi VAZ-2106 rusumli avtomashinasida bo‘lganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan A. Avalbayevga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, uning avtomobili jarima maydonchasiga qo‘yildi.

Latest from Blog