O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tarkibida Ijodkor yoshlar uyushmasi tashkil etildi. Bu haqda namnews.uz nashri xabar bermoqda.
Prezidentning Toshkent shahrining Yunusobod mavzesida faol yoshlar vakillari bilan uchrashuvi yoshlarning chin ma’nodagi suyanchi va tayanchi sifatida qayta tashkil etilgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyat mexanizmini yangicha quvvat bilan mustahkamlovchi tuzilmalar joriy etish bo‘yicha amaliy qadamlarga asos bo‘ldi.
Ijodkor yoshlar uyushmasining raisi etib Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi, O‘zbekiston Jahon tillari universiteti talabasi Mehrinoz Abbosova rais etib tayinlandi.