1-yanvardan O‘zbekistonda uzoq yillardan buyon mavjud bo‘lib kelayotgan yili to‘lmagan avtomobillar bo‘yicha ishonchnomalar va shartnomalarni notarial tasdiqlaganlik uchun boj bekor qilindi. Bu Prezidentning 29-dekabrdagi 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va davlat byudjeti parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorida ko‘zda tutilgan.
Bunga qadar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va import qilingan, foydalanish muddati ishlab chiqaruvchining rasmiy dilerlaridan xarid qilingan kundan boshlab bir yildan oshmagan yengil avtotransport vositalari bo‘yicha tegishli shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun har bir ot kuchi uchun eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida boj undirilar edi.
Amalda rasmiy dilerlardan xarid qilinganiga uch yilgacha bo‘lgan avtotransport vositalarini oldi-sotdi qilish, almashtirish, tortiq qilish bo‘yicha shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun boj miqdori EKOIHning 10 baravari, chet elda ishlab chiqarilgan avtotransport vositalari uchun EKOIHning 30 baravari, avtomobillardan foydalanish va ularga egalik huquqi uchun ishonchnomani notarial tasdiqlash ota-onalar, turmush o‘rtog‘i va uning ota-onasi, bolalar va ularning turmush o‘rtoqlari, aka-ukalar, opa-singillar, nevaralar va jiyanlar uchun EKOIHning 1 baravari, boshqa shaxslarga foydalanish huquqini berish — EKOIHning 5 baravari, boshqa shaxslarga egalik huquqini berish — EKOIHning 10 baravari miqdoridani tashkil etadi.