Yil boshidan buyon dunyoda 80 jurnalist halok bo‘ldi

Yil boshidan buyon dunyoda kasbiy faoliyati sababli 80 jurnalist hayotdan koʻz yumdi. Ularning 63 nafari — professional jurnalistlar, 13 nafari — fuqarolik jurnalistlari va 4 nafari — tahririyatlar xodimlaridir, deyiladi “Chegarasiz reportyorlar” xalqaro tashkiloti hisobotida.


Foto: Reporters Without Borders

Eng koʻp Afgʻonistonda — 15, Suriyada — 11, Meksikada — 9, Yamanda — 8, AQSh va Hindistonda 6 nafardan jurnalist hayotdan koʻz yumgan.

Hisobotda tahlilchi Jamol Qoshiqchi, slovakiyalik reportyor Yan Kutsyak hamda MARda halok bo‘lgan uch rossiyalik jurnalist — Kirill Radchenko, Orxan Jemal va Aleksandr Rastorguyev esga olib o‘tilgan.

Bundan tashqari, 348 nafar OAV vakili kasbiy faoliyat munosabati bilan hibsga olingan. Jurnalistlar eng ko‘p qamalgan davlatlar orasida Xitoy — 60 kishi, Misr — 38 kishi, Turkiya — 33 kishi, Eron — 28 kishi va Saudiya Arabistoni — 28 kishi sanab o‘tiladi.

Yana 60 nafar OAV vakili kasbiy faoliyat sababli asirda saqlayotgan bo‘lsa, uch nafari bedarak yo‘qolgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog