Yil boshidan buyon 14 mingdan ortiq odam doimiy yashash uchun Oʻzbekistondan xorijga koʻchib ketgan

2018-yil yanvar-sentyabr oylarida respublika boʻyicha koʻchib kelganlar soni 121,7 ming kishini, koʻchib ketganlar soni esa 134,0 ming kishini tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi hisobotida maʼlum qilingan.

0095 korrespondent.uz
Foto: Xalq soʻzi

Hisobotda qayd qilinishicha, koʻchib kelganlardan 119,8 ming kishi respublikaning boshqa hududlaridan, 1,9 ming kishi esa xorijiy mamlakatlardan koʻchib kelgan. Koʻchib ketganlardan 14 195 ming kishi xorijiy mamlakatlarga doimiy yashash uchun joʻnab ketgan.

Migratsiya saldosi minus 12,3 ming kishi boʻlib, 2017 yilning mos davrida minus 14,9 ming kishi boʻlgan.

9 oy davomida doimiy yashash uchun Oʻzbekistonga koʻchib kelganlar orasida Qozogʻiston fuqarolari (31 foiz) yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi oʻrinlarda Tojikiston (28,3 foiz) va Rossiya (25,3 foiz) fuqarolari oʻrin olgan.

0096 korrespondent.uz
Foto: Xalq soʻzi

Yanvar—sentyabr oylarida doimiy yashash uchun Oʻzbekistondan chiqib ketganlarning 48,1 foizi Qozogʻistonga, 46 foizi Rossiyaga va 3,4 foizi boshqa mamlakatlarga, 1,3 foizi AQSHga ketgan.

Migratsiya saldosining yuqori darajasi Toshkent viloyatida (minus 4,1 ming kishi), Qashqadaryo viloyatida va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (minus 3,1 ming kishi) qayd etilgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog