Yevropadagi avtomobil ijarasi bo‘yicha eng yirik kompaniya O‘zbekiston bozorida ish boshladi

Yevropadagi avtomobil ijarasi bo‘yicha eng yirik kompaniyalardan biri — Sixt O‘zbekiston bozorida ish boshladi. Bu haqda “Podrobno.uz” ma’lum qildi.

korrespondent uz 1579
Foto: “Podrobno.uz”

Toshkentda kompaniyaning mahalliy bo‘linmasi — Sixt Uzbekistan taqdimoti o‘tkazildi.

Xususiy turistik tashkilotlar assotsiatsiyasiga ko‘ra, endi butun O‘zbekiston bo‘ylab safarlarda kompaniya avtomobillaridan foydalanish imkoniyati tug‘ildi. Mashinani o‘zingiz yoki haydovchi boshqarishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Sixt kompaniyasiga 1912-yilda Myunxenda asos solingan. Hozirgi kunga kelib dunyoning 110 dan ortiq davlatida 4500 ta ijara punktiga ega.

Fikr bildirish

Latest from Blog