Yevropa investitsiya banki O‘zbekiston bozoriga kirishga tayyor

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Yevropa investitsiya banki (YIB) vakillari bilan telekonferentsiya o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Vectomnews

Tadbir davomida O‘zbekiston hududida YIBning faoliyati to‘g‘risidagi hadli bitim loyihasi mutaxassislar tomonidan moddama-modda ko‘rib chiqildi.

Muhokama yakunlariga ko‘ra mazkur Bitim loyihasini kelishish uchun davlat ichki jarayonlarini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni faollashtirish va uni imzolashga tayyorlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Shuningdek, yaqin vaqt ichida Bitim loyihasi bo‘yicha muzokaralarning navbatdagi raundini o‘tkazish ham kelishib olindi.

Telekonferentsiyada tashqi ishlar, moliya, adliya vazirliklari, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti ekspertlari qatnashdi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning may oyi oxirida YIB vitse-prezidenti Vasil Xudak boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurgandi.

Fikr bildirish

Latest from Blog