O‘zbekiston meva va yong‘oqlarning asosiy eksportchilaridan biri hisoblanadi. Meva eksporti har yili mamlakatga 500-600 mln dollar daromad keltiradi. Bu haqda EastFruit xabar bermoqda.
O‘zbekistonda “noldan” deb ataladigan ko‘plab yirik bog‘dorchilik loyihalari amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, ko‘pincha qishloq xo‘jaligida ilgari foydalanilmagan va sug‘orish tizimlari mavjud bo‘lmagan yerlar o‘zlashtirilmoqda.
Shuning uchun tadbirkorlar bog‘larni sug‘orish uchun 200 metr va undan ortiq chuqurlikdagi quduqlarni burg‘ilashadi. Hatto bunday chuqurlikda ham suv u qadar sifatli emas va yuqori tuz tarkibiga ega, ularni filtrlash katta xarajatlar talab qiladi.
O‘zbekistonda artezian suvlarining “oltin zaxirasi”dan ko‘p foydalanilishi jiddiy xavotir uyg‘otmoqda, chunki buning oqibatida ichimlik suvi tanqisligi kelib chiqadi, — deydi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti sarmoya bo‘limi iqtisodchisi Andriy Yarmak.
Fermerlar quduqlar oqimi pasayishni boshlaganini tan oladi va yaqinda rasmiy manbalarga tayanib yetti viloyatda yerosti suvlari sathi 5 metrga pasaygani haqida xabar paydo bo‘ldi. Bu ham meva-sabzavot sanoati uchun juda yoqimsiz tendensiya va tahdidli vaziyatdan dalolat.
Andriy Yarmakning fikricha, bu yaqin yillarda O‘zbekistonda meva-sabzavot yetishtirishning o‘sish sur’atlari sekinlashishi yoki hatto kamayishiga olib kelishi mumkin.