/

Yaponiya shimoli-sharqida zilzila yuz berdi

© Avttravel.ru

Payshanba kuni tushda Yaponiyaning shimoli-sharqida 6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar beradi mamlakat meteorologiya agentligi.

Yaponiya meteorologiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, soat 12:16da Ivate, Miyagi va Fukusima prefekturalarida Yaponiya seysmik intensivlik shkalasi bo‘yicha 4 balli zilzila sodir bo‘lgan.

Zilzila epimarkazi Fukusima prefekturasi sohillarida, yer ostidan taxminan 40 km uzoqlikda joylashgan.

Sunami xavfi haqida xabar berilmagan.

O‘z navbatida, Rossiya Fanlar akademiyasi Yagona geofizika xizmati Saxalin bo‘limining ma’lum qilishicha, payshanba kuni tushdan keyin Tinch okeanida Yaponiyaning Xonsyu oroli yaqinida 5,9 magnitudali zilzila qayd etilgan. Saxalin viloyatining Kuril orollari aholi punktlarida zilzila sezilmagan.

Fikr bildirish

Latest from Blog