Yangi “Paxtakor” stadioni xorijiy kompaniya loyihasi asosida quriladi

«Paxtakor» futbol klubi poytaxtda barcha kerakli infraqurilmalarga ega boʻlgan va zamonaviy talablarga javob beradigan yangi stadion qurishni niyat qilgan, deb xabar qilmoqda klub matbuot xizmati.

Foto: pakhtakor.uz

“Paxtakor” futbol klubi rahbariyati chet ellik loyihachi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bormoqda. Ular orasida Turkiyaning  Renaissance Construction, Germaniyaning Arena Com, Avstriyaning Oberhofer Stahlbau va Portugaliyaning Saraiva+Associados muhandislik kompaniyalari bor.

Yuqorida keltirilgan kompaniyalardan faqat Oberhofer Stahlbau ning Oʻzbekistonda ishlash tajribasi bor. Avstriyalik mutaxassislar Forumlar saroyi va «Bunyodkor» stadionini qurishda ishtirok etishgan.

Ayni damda boʻlajak stadionning dastlabki kontseptsiyalari “Paxtakor” futbol klubi sarmoyadori — SFI Management Group kompaniyasiga taqdim etilgan.

Latest from Blog