Yakka tartibdagi tadbirkorlar CLICK toʻlovlaridan foydalanishlari mumkin

Bundan buyon yakka tartibdagi tadbirkorlar (YATT) ham CLICK onlayn bank toʻlov tizimidan foydalanishlari mumkin.

Foto: Pixabay

Ushbu imkoniyat yakka tartibdagi tadbirkorlarga oʻz yumushlaridan chalgʻimasdan turib turli xizmat va tovarlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish hamda ishlarini operativ ravishda hal qilishga yordam beradi.

Eslatib oʻtamiz, CLICK toʻlov tizimida “Kartadan kartaga pul oʻtkazish” xizmati hozircha mavjud emas. CLICK ilovasini AppStore va GooglePlay doʻkonlaridan bepul yuklab olish mumkin.

Fikr bildirish

Latest from Blog