Xurshid Odilov Namangan shahri prokurori etib tayinlandi

Foto: Daryo.uz

Xalq deputatlari Namangan shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida deputatlarga yangi prokuror ham tanishtirildi. Mazkur lavozimga Xurshid Odilov munosib ko‘rildi.

Xurshid Odilov 1981-yili Andijon viloyatida tug‘ilgan. 2004-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

2004—2018-yillarda Paxtaobod va Asaka tumanlari prokuraturasi, Andijon viloyat prokuraturasida faoliyat yuritgan, Ulug‘nor tumani prokurori bo‘lgan.

U 2018-yildan hozirga qadar Namangan viloyatining Chust tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida “Bunyodkor” mahallasida bo‘lib, shahar hokimi va hududga mas’ul prokurorga “Mahalla ahvolini qaranglar, bu sizning yuzingiz”, deya tanbeh bergan edi.

Fikr bildirish

Latest from Blog