XTB bosh hisobchisi kamchiliklarini yashirish uchun pora berishga urindi

Shahrisabz tuman xalq ta’limi bo‘limi bosh hisobchisi X.Jo‘rayev qo‘shib yozish va kamchiliklarni yashirishga urinib, prokuror yordamchisiga pora berayotganda ushlandi.

0091 korrespondent.uz Corruption
Foto: Google Images

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Jo‘rayev Shahrisabz tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilayotgan tekshirish yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik va jinoiy javobgarlikka tortmaslik evaziga prokuror yordamchisi S.G‘aybullayevga 2 500 dollar pora taklif qilgan. U 12-oktabr kuni G‘aybullayevning xizmat xonasida soat 14:15 da unga pora bergan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi vaqtda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hozirda aniqlangan qo‘shib yozilgan summa 120 mln so‘mga yaqinni tashkil etmoqda. «Reviziya davom etmoqda va bu summa yanada ko‘payishi mumkin», — deya qayd etdi Bosh prokuratura vakili.

Fikr bildirish

Latest from Blog