Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi «Nostrifikatsiyalash uchun hujjatlarni onlayn topshirish» interaktiv xizmatini ishga tushirdi, deb yozadi «Norma».
Onlayn-servis xorijiy diplomni nostrifikatsiyalashdan o‘tkazishda Davlat inspektsiyasiga tashrif buyurish sonini qisqartirish imkonini beradi.
Xizmatdan foydalanish uchun ushbu havola bo‘yicha o‘tib, buyurtmanomani to‘ldirish zarur. Buyurtmanoma ko‘rib chiqilgandan keyin inspektsiya xodimlari talabgorni suhbatga yoki imtihonlar topshirishga taklif etishadi.