Xo‘jaylilik fuqaroga gaz ta’minotidan asossiz katta qarz yozildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani Qumjiqqin OFY da yashovchi fuqaro P.Ibragimova gaz ta’minoti xizmatkorlari tomonidan hisoblangan 2 400 000 so‘mlik asossiz qarzdorlikdan noroziligini bildirib, tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.

Foto: Google Images

Mazkur ariza jamiyat mutaxassislari hamda tumanlararo gaz ta’minoti uchastkasi xodimlari bilan birgalikda qayta hisob-kitob ishlari olib borildi. O‘rganish natijasida haqiqatdan ham quyilgan summa asossiz ekanligi aniqlandi va fuqaroga qarzdorlik yo‘qligi haqida ma’lumotnoma berildi.

Fikr bildirish

Latest from Blog