Xitoy Ukraina bilan vizasiz rejimga o‘tishga tayyor


Xitoy «har qanday vaqtda» Ukraina bilan vizasiz rejim joriy etish uchun tayyor. Bu haqda Ukrainadagi Xitoy elchisi Du Vey ma’lum qildi.

«Xitoy tomoni teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik asosida, vizasiz rejim, jumladan, ikki mamlakat o‘rtasidagi fuqarolarning erkin harakatlanishi uchun yangi choralarni qabul qilishga har qanday vaqtda tayyor», – dedi Xitoyning Ukrainadagi elchisi.

Elchi ushbu qarorning tasdiq qilinishi muddati haqida aniq ma’lumot bermadi. U Yevropa Ittifoqining Ukrainaga viza rejimini liberallashtirish qaroridan Xitoy tomonining mamnun bo‘lganini ham qayd etdi.

Du Vey shuningdek, Xitoyning Ukrainaga sarmoya kiritishga katta qiziqish bildirayotganini, shu bilan birga, Ukraina investitsiyalarning xavfsizligini ta’minlashi kerakligini, ta’kidlab o‘tdi.

Fikr bildirish

Latest from Blog