Xitoy koinotga parvozlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi orbita stansiyasiga ikkinchi modul muvaffaqiyatli tutashtirilgani to‘g‘risida maʼlum qildi. “Ventyan” laboratoriyasidan turli tajribalarni o‘tkazish va ochiq koinotga chiqishda foydalaniladi.
“Chanchjen-5B” og‘ir yuk tashuvchi raketa “Ventyan” modulini yerga yaqin orbita stansiyasiga 24-iyul kuni olib chiqdi. Parvoz Xaynan orolidagi Venchan kosmodromidan amalga oshirildi. Modul shu kuniyoq orbita stansiyasiga tutashtirildi.
22 tonnali modul tashqi manipulyatorga, ochiq koinotga chiqish uchun shlyuzga, tajriba stendlari va ekipaj uchun xos xonalarga ega. Unga orbita stansiyasini boshqarish uchun zaxira tizimi o‘rnatilgan. Kuzda “Tyangun” (“Osmondagi qasr”) deb nomlanuvchi bu orbita stansiyasiga yana bir laboratoriya tutashtirilishi rejalashtirilgan. Shundan so‘ng stansiya to‘liq ishga tushirilishga tayyor bo‘ladi.
“Tyangun” orbita stansiyasi koinotda 15 yil ishlashi nazarada tutilgan. U Xalqaro koinot stansiyasi okeanga cho‘ktirilganidan so‘ng koinotda ishlab qoladigan yagona stansiya bo‘lishi tahmin qilinmoqda. NASA prognoziga qaraganda, Xalqaro koinot stansiyasi 2031 yilda suvga cho‘ktirilishi mumkin.