Xalqlar doʻstligi maydonida oʻrnatilgan ushbu yodgorlik 2008-yilda, nomaʼlum sabablarga koʻra buzib olib shahar chetiga koʻchirilgan edi.
Bugun ushbu yodgorlikni shahar markaziga qaytarishga qaror qilingan. Nuz.uz xabariga koʻra Respublika xalqaro madaniyat markazi ushbu xabarni tasdiqlagan. “Bu borada hukumat qarori qabul qilingan. Respublika xalqaro madaniyat markazi ushbu yodgorlik Doʻstlik bogʻiga (sobiq Bobur bogʻi) koʻchirilishiga umid bildiradi”, — deyilgan xabarda.
Ushbu yodgorlikni qayerga koʻchirish masalasi yil boshidan buyon oʻrganilmoqda. Bu borada bir necha takliflar kiritilgan.
Eslatib oʻtamiz, “Xalqlar doʻstligi” yodgorligi 1982-yilning 26-may kuni Toshkentdagi “Xalqlar doʻsligi” saroyi oldidagi maydonda oʻrnatilgan edi. Yodgorlik markazida temirchi Shoaxmad va Bahri Shomaxmudovlar, ularning atrofida esa 15 nafar bola tasvirlangan.