Xalqaro mehnat tashkiloti: O‘zbekiston paxta dalalarida bolalar mehnatiga chek qo‘yildi

O‘zbekistonda bolalar mehnatiga chek qo‘yildi va majburiy mehnatning har qanday shakllariga nuqta qo‘yish niyatidalar. Bunga Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) ekspertlari ishonch hosil qildi, deb yozadi BMT Yangiliklar markazi.

Foto: Flickr

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, jamiyatda majburiy mehnatga jalb qilish, ayniqsa bolalar haqida gap ketganida, nomaqbul ekanligini anglash o‘smoqda. XMTdagilar ta’kidlashicha, bu yil hosil yig‘im-terimi shaffoflik va muzokaralar sharoitida o‘tkazildi.

XMT vakillari butun mamlakat bo‘ylab 3000 nafar paxtakor hamda mahalliy hukumat vakillari, pedagoglar va tibbiyot xodimlari bilan yuzma-yuz suhbatlashib ko‘rdi. Bundan tashqari, ular yana ming kishi bilan telefon orqali muloqotda bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, hukumat bolalarni muntazam ravishda paxta terishga majbur qilish amaliyotidan voz kechgan va odamlarni ushbu ishga faqat ixtiyoriy ravishda jalb etishga ko‘rsatma bergan. Ular paxta terimiga maktab o‘quvchilari, talabalar, tibbiyot xodimlari va o‘qituvchilarni majburan chiqarishni taqiqlagan. Hosil yig‘imiga ko‘ngilli ravishda chiqqanlarga esa XMT va Jahon banki tavsiyalari asosida maosh oshirib to‘langan.

Latest from Blog