WhatsApp messenjerida ma’lum foydalnuvchiga yoki guruhga jo‘natilgan xabarni begona smartfonda ham o‘chirib tashlash imkoniyati paydo bo‘ldi. Xabarni yetti daqiqa ichida o’chirish mumkin bo‘ladi, deya xabar qilindi messenjer rasmiy saytida.

Umumiy suhbatga yuborilgan xabarni o‘chirish uchun barmog‘ingizni xabarga tutib, «O‘chirish» va «Hammada o‘chirish» -ni tanlang. Shundan so‘ng, suhbat qatnashchilari xabar o‘rnida «Bu xabar o‘chirib tashlangan» degan xabarni ko‘radi.
Bundan tashqari, funksiya to‘g‘ri ishlashi uchun siz va qabul qiluvchi Android, iPhone yoki Windows Phone uchun WhatsApp ilovasining so‘nggi versiyasini ishlatishingiz lozim. Ilovaning eski versiyalarida ushbu xususiyat mavjud emas.