Amerika media kompaniyasi Warner Bros’ning media bo‘limi bo‘lgan WarnerMedia va Discovery kompaniyalarining qo‘shilishi natijasida yaratilgan Discovery ikkinchi chorakda sof zarar ko‘rdi.
Kompaniyaning daromadi kutilganidan sezilarli darajada yomon bo‘ldi. O‘tgan yilning shu davrida 672 million dollar yoki har bir aksiya uchun 1,01 dollar sof foyda qayd etilgan edi.
Daromad bir yil avvalgi 3,1 milliard dollardan 9,8 milliard dollarga ko‘tarildi. Aprel—iyun oylarida kompaniyaning sof zarari 3,4 milliard dollarni yoki har bir aksiya uchun 1,5 dollarni tashkil etdi. 4-avgust kuni kompaniya aksiyalarining kotirovkalari moliyaviy hisobot e’lon qilinganidan keyin 11,6 foizga pasaydi.
Discovery’ning bozor qiymati so‘nggi uch oyda 1,5 foizga pasaydi — 40,55 milliard dollargacha. Nasdaq Composite birja indeksi esa 3,3 foizga oshdi.
Discovery butun dunyo bo‘ylab 100 dan ortiq taniqli va mashhur brendlarni, jumladan HBO, Warner Bros, Discovery, DC Comics, CNN, Cartoon Network, HGTV, Food Network, TNT, TBS, Eurosport, TLC, Animal Planet va boshqalarni birlashtiradi.