AQShning Ukrainadagi maxsus vakili Kurt Volkerning aytishicha, Rossiya tomoni Ukrainadagi prezidentlik saylovlariga ta’sir o‘tkazishga harakat qilmoqda. Bu haqda u «Amerika Ovozi» ning rus xizmatiga bergan intervyusida aytdi.
Volkerga ko‘ra, Rossiya Kiyevning siyosatiga ta’sir o‘tkazishga urinmoqda va Ukraina hukumatini bundan noqulay sharoitga tushib qolgan.
«Menimcha, Rossiya Ukraina saylovlariga ta’sir o‘tkazishga urinmoqda, xuddi Germaniyada va Fransiya saylovlariga ta’sir o‘tkazishga harakat qilganday», – deydi Volker.