/

Vladimir Jirinovskiy vafot etdi

Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin siyosatchi, Davlat dumasi Liberal-demokratik partiyasining (LDPR) fraksiyasi rahbari Vladimir Jirinovskiy 75 yoshida vafot etganini maʻlum qildi.

Mashhur rossiyalik siyosatchi 1946-yilda Olmaota (Qozogʻiston) shahrida tugʻilgan.

1970-yilda Moskva Davlat universiteti (MDU) qoshidagi Sharq tillari institutini (hozirgi Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti) Turkiya va turk tili mutaxassisligini, 1977-yilda MDU yuridik fakultetining kechki boʻlimini “huquqshunos” mutaxassisligi boʻyicha aʻlo baholar bilan tamomlagan.

Vladimir Jirinovskiy 1989-yilda LDPRga aʻzo boʻlgan va 1990-yilda unga rahbar boʻlgan.

Vladimir Jirinovskiy 1991-yilda RSFSR prezidenti lavozimiga va 1996, 2000, 2008, 2012, 2018-yillardagi saylovlarda Rossiya prezidenti lavozimiga LDPRdan nomzod boʻlgan.

U Rossiya Konstitutsiyasi loyihasini tayyorlash boʻyicha 1993-yildagi Konstitutsiyaviy yigʻilish ishida ishtirok etgan.

Shu yilning fevral oyida Vladimir Jirinovskiy Moskva markaziy klinik shifoxonasiga yotqizilgan edi. Unga koronavirus tashxisi qoʻyilgani va oʻpkasining 50−75 foizi shikastlangani maʻlum qilindi. Bungacha siyosatchi sakkiz marta koronavirusga qarshi Rossiyada ishlab chiqarilgan vaksinalar bilan emlanganini aytgandi.

Fikr bildirish

Latest from Blog