Venetsiyadagi al-Xorazmiy “Bilimlar bogʻi”. Venetsiya biennalesida Oʻzbekiston Milliy pavilyoni ochildi

Ertaga Venetsiyada Oʻzbekiston milliy pavilyoni oʻz eshiklarini ochadi. U 59-Venetsiya zamonaviy sanʼat biennalesining bir qismiga aylanadigan Dixit Algorizmi – The Garden of Knowledge (al-Xorazmiy aytganidek – “Bilimlar bogʻi”) koʻrgazmasini taqdim etadi.

Venetsiya biennalesi sanʼat olamidagi eng yirik koʻrgazma boʻlib, har ikki yilda bir marta oʻtkaziladi, unga 600 mingdan ortiq kishi tashrif buyuradi. Bu safar ular Oʻzbekistonning boy ilm-fan tarixi bilan yaqindan tanishishlari mumkin boʻladi.

“Dixit Algorizmi – The Garden pf Knowledge” koʻrgazmasida Xiva shahrida tugʻilib oʻsgan, zamonaviy ilm-fanning turli yoʻnalishlariga asos solgan olim va bilimdon Muhammad al-Xorazmiyning fundamental ijodi haqida fikr-mulohazalar namoyish etiladi.

Shaharning asosiy tarixiy diqqatga sazovor joylaridan biri boʻlgan Venetsiya Arsenalida joylashgan pavilyonning kompozitsion markazi al-Xorazmiy oʻzining asosiy asarlarini yaratgan “Bilimlar bogʻi” kabi anʼanaviy islom bogʻlarini oʻzida mujassam etgan installyatsiya boʻladi. Pavilyonning ichki qismini oʻzbek sozandasi Abror Zufarov rassom va bastakor Charli Tapp bilan hamkorlikda yaratgan saund landshafti toʻldiradi.

Koʻrgazma oʻz ishini 23-aprelda boshlaydi va 2022-yilning 27-noyabriga qadar ochiq boʻladi. Ushbu davr mobaynida ilmiy-ommabop va yuqori ixtisoslashtirilgan tadbirlarning boy dasturi rejalashtirilgan.

 

Fikr bildirish

Latest from Blog